Yangiliklar

img
Fri, 11/10/2023 - 12:24

Talabalar doimo e'tibor markazida

Yaqinlashib kelayotgan qish mavsumini betalafot o'tkazish maqsadida universitet ishchi guruhi tomonidan TTj va ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talabalar yashash sharoitlari o'rganilmoqda. 
Talabalar turar joylarida mavjud 192 ta xona to'liq isitish mavsumiga shay holatga keltirildi. O'z navbatida talabalarning xulqi, o'zaro munosabati va ta'lim jarayonida duch kelayotgan muammoli vaziyatlardan boxabar bo'lish maqsadida universitet yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor v.v.b. G.Jo'rayeva boshchiligidagi ishchi guruh kunlik kuzatuv ishlarini olib bormoqda. 
Ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi 1760 nafar talaba bilan ham mas'ullar tomonidan nazorat ishlari olib borilmoqda.  Xonadon egalari bilan universitet vakillari doimiy aloqada bo'lib, talabalar umumiy holati o'rganiladi. Shuningdek, talabalarni qiynayotgan turli masalalar bo'yicha ko'mak beriladi.