Yangiliklar

img
Mon, 03/14/2022 - 16:32

Talabalar “Adiblar xiyoboni”da

Maʼlumki, Adiblar xiyoboni bahor oyida she’riyat va ijod maydoniga aylanadi. Bu yerda OTM talabalari va ustozlari bilan badiiy kechalar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilishi belgilangan. Shu munosabat bilan joriy yilning 14-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasining  katta o‘qituvchisi J.Norquziyev va faol talabalar ishtirokida  “Adiblar xiyoboni”da “Navoiy siymosi qalblarda mangu” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida universitetning o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish  fakulteti talabalari o‘z taklif va g‘oyalarini bildirib o‘tishdi.