Yangiliklar

img
Fri, 02/18/2022 - 12:24

Talaba qizlar uchun master-klass tashkil qilindi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida 24 soatlik navbatchilik tashkil etilganini maʼlum qilgan edik. Joriy yilning 17-fevral kunida talabalar turar joyida Amaliy filologiya fakulteti tyutorlari: Aziza Toshpoʻlatova va Nargiza Ochilova navbatchilik qilishdi. Tyutorlarga bu safar  Yoshlar bilan ishlash va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan muovini  Sevara Xudoyberdiyeva  boshchilik qildi. Birgalikda Talabalar turar  joyida #besh_tashabbus gʻoyalarining oʻziga xos targʻiboti boʻlib oʻtdi. Avvalo, noshirlik yoʻnalishi talabasi Ramazonova Toshbibiga ajoyib sovgʻa tuhfa etishdi.
Keyin talabalar bilan kitobxonlik, oshxona ozodaligi, pazandachilik va orastalik, goʻzallik sirlari haqida  suhbatlar olib borildi. Oshxonada  taom tayyorlashga hozirlik koʻrayotgan qizlar  esa dekan muovinidan xamir yoyish boʻyicha maxsus master klass olishdi. 
Shundan soʻng universitet goʻzallik salonidan tashrif buyurgan Iroda Joʻrayeva  talaba qizlar uchun zamonaviy soch turmaklashni oʻrgatdi. Shu bilan birga talaba-qizlar sochni parvarishlash haqida noyob maʼlumotlarga ega boʻlishdi. 
Talabalar turar joyidagi ezgu ishlar, maʼnaviy-marifiy tadbirlar davom etadi.