
Sat, 04/20/2024 - 15:00
Talaba bilan individual ishlash mexanizmlari
Universitetimizda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan tyutorlarning oʻquv seminarlari davom etmoqda. 2024-yil 20-aprel kuni navbatdagi seminar darsi oʻtkazildi. Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor G. Joʻrayeva ma’ruza qildi. “Talaba bilan individual ishlash mezanizmlari” mavzusida oʻtilgan mashgʻulot muzokaralarga boy boʻldi. Tyutorlarning barcha qiziqtirgan savollariga javob berildi.