Yangiliklar

img
Sat, 01/13/2024 - 13:39

Tajriba – ijobiy natija kafolati

Universitetimiz o'qituvchisi Madina Abdumoʻminova C5+O.N.E Milliy o'qituvchilar malakasini oshirish bo'yicha seminarida ishtirok etdi
C5+ONE mintaqaviy ingliz tilini oʻrgatish dasturi boʻlib, unga Markaziy Osiyoning barcha beshta davlatidan hukumat va xususiy sektordagi boshlangʻich va oʻrta boʻgʻin xodimlarini jalb etadi. Ushbu dastur doirasida 2024-yilning 11-12-yanvar kunlari Toshkent shahrida Amerika Kengashi tomonidan takroriy Milliy O‘qituvchilar malakasini oshirish bo'yicha trening dasturi bo‘lib o‘tdi. Universitetimiz va shu kabi turli taʼlim muassasalarining ekspert oʻqituvchilari tilni oʻqitishning kommunikativ yondashuvini joriy etish orqali ingliz tili darslarini oʻtkazish boʻyicha ilgʻor tajribalar bilan tanishtirildi.

Universitetimiz oʻz ilmiy xodimlarining doimiy oʻsishiga hissa qoʻshish boʻyicha amalga oshiradigan amaliyotlaridan biri bu oʻqituvchilarni ilmiy darajalarni olish, sertifikatlar olish, talabalarning taʼlim natijalariga ijobiy taʼsir koʻrsatishi va hamkasblari oʻrtasida ijobiy tajribalarni ulashish uchun taʼlim tadbirlari orqali davomiy taʼlim madaniyatini oshirishga har doim  chorlaydi.

Eslatib oʻtamiz, Madina Abdumoʻminova”El-yurt umidi”  loyihasi gʻolibidir va u Buyuk Britaniyaning Reading universiteti bitiruvchisi.