Yangiliklar

img
Wed, 02/23/2022 - 19:05

Tajriba almashish asosida seminar-trening

Joriy yilning 23-fevral kuni  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida Jizzax davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda "HEMIS axborot tizimida talabalar bilimini  kredit modul tizimida baholash usullari" mavzusiga bag’ishlangan seminar-trening tashkil etildi.  Ikki tomonlama tajribalar almashish asosida tashkil etilgan ushbu seminar-treningda JDPU   Raqamlashtirish bo'limi boshlig'i A.Abduraxmonov, ToshDO'TAU oʻquv-uslubiy boʻlim V.Nazarov, Raqamli texnologiyalar markazi v.b. B.Elov va dekanlar, oʻquv ishlari boʻyicha dekan muovinlari, boʻlim boshliqlari hamda kafedra mudirlari ishtirok etishdi.