Yangiliklar

img
Mon, 11/27/2023 - 05:11

Tafakkur birla bildi odamzot…

Joriy yilning 24-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili ta’limi fakulteti Noshirlik ishi ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalariga o‘qituvchi Uldona Abdurahmonova “Tafakkur” jurnali tahririyatida “Tahrir nazariyasi va texnikasi” fanidan mazkur jurnal materiallari asosida “Sarlavhalar tahlili va tahriri” mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazdi. “Tafakkur” jurnali bosh muharriri, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam talabalarga jurnalning bosishga tayyor holatga kelgunigacha bo‘ladigan jarayonlar: qo‘lyozmani qabul qilish, muallif bilan hamkorlik, tahrir, sarlavha tanlash, dizayni ustida ishlash haqida batafsil ma’lumot berdi.
So‘ng talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Ikki soatdan oshiq o‘tgan maroqli suhbatdan keyin tahririyatdagi bo‘limlar va xodimlar bilan birma-bir tanishtirib chiqildi. Sayyor dars talabalarda nashriyotda ishlash ishtiyoqini oshirdi.