Yangiliklar

img
Wed, 04/17/2024 - 12:42

Tadqiqotchilar diqqatiga!

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha malakaviy imtihonlarga hujjatlar qabul qilishini ma’lum qiladi.

  • 1.  10.00.01 – O‘zbek tili
  • 2.  10.00.02 – O‘zbek adabiyoti
  • 3.  10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti 
  • 4.  10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
  • 5.  10.00.07 – Adabiyot nazariyasi
  • 6.  10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi 
  • 7.  13.00.02 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili, o‘zbek adabiyoti )
  • 8.  10.00.10 – Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik

1.  Hujjatlar 2024-yilning 1-apreldan 30-aprelgacha qabul qilinadi.
Kerakli hujjatlar:

  • •  ariza; 
  • •  rektor nomiga yo‘llanma xat (boshqa OTM yoki ITM tadqiqotchilari uchun)
  • •  qisqacha biografik ma’lumotnoma;
  • •  passport nusxasi
  • •  mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
  • •  oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki magistr darajasi joriy etilganiga qadar olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • •  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK talabida belgilangan ilmiy jurnallar va to‘plamlarda e’lon qilingan ilmiy maqolalar ro‘yxati (tegishli tatibda tasdiqlangan); 
  • •  Ilmiy tadqiqot mavzusini OAK byulletinida tasdiqlangan nusxasi;
  • •  Topshirgan malakaviy imtihon guvohnomalari nusxasi (agar bo‘lsa);

Izoh: Hujjatlar offlayn shaklda fayl papkaga tikilgan holda Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limiga topshiriladi. Murojaat uchun telefon: +99899 073-62-63.