Thu, 09/14/2023 - 19:19
			Tadqiqotchilar diqqatiga
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2024-yil uchun doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD), stajor-tadqiqotchilik va mustaqil izlanuvchilik institutiga tanlov e’lon qiladi. Tanlov quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha bo‘lib o‘tadi:
- 1. 10.00.01 – O‘zbek tili;
 - 2. 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti;
 - 3. 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik;
 - 4. 10.00.07 – Adabiyot nazariyasi;
 - 5. 10.00.10 – Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik;
 - 6. 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi;
 - 7. 13.00.02 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha).
 
Hujjatlar 2023-yilning 15-sentabrdan 15-oktabrigacha www.phd.mininnovation.uz veb-sayti orqali onlayn (online) qabul qilinadi. Qabul kvotasi taqsimoti www.tsuull.uz saytida beriladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: +998977565452; +998917801923

						 
						
						 
						
						 
						