Tadiqotchilar uchun qoʻshimcha fanlardan malakaviy imtihonlar oʻtkazildi
2025-yil 15-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun qo‘shimcha fanlardan malakaviy imtihon bo‘lib o‘tdi. Mazkur imtihon ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida malaka oshirish va akademik salohiyatni baholashga qaratilgan bo‘lib, unda turli ixtisosliklar bo‘yicha talabgorlar ishtirok etdilar. Imtihon jarayonlari yuqori akademik standartlar asosida tashkil etilib, ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalari o‘z sohasida yetuk olimlardan iborat komissiya tomonidan har tomonlama baholandi. Qo‘shimcha fanlardan malakaviy imtihonlar folklor va adabiy manbashunoslik nazariyasi, matn va uni talqin qilish tamoyillari, xalq og‘zaki ijodi poetikasi, jahon adabiyoti nazariyasi va qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va lingvotarjimashunoslik, qiyosiy tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari, adabiyotshunoslik metodologiyasi, badiiy tahlil asoslari, adabiyotshunoslik tarixi, lingvokulturologiya va matn tilshunosligi, nazariy tilshunoslik va pragmalingvistika hamda psixolingvistika yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazildi. Imtihonlar filologiya fanlari doktori, professor I. Yo‘qubov, filologiya fanlari doktori, professor S. Normamatov hamda filologiya fanlari doktori, professor D. Yusupovalar raisligida shaffof tarzda o‘tkazilib, Zoom platformasi orqali onlayn translyatsiya qilindi.



