Sat, 09/20/2025 - 16:19
Sun’iy intellekt asosida taʼlim
Universitetimizda yoshlarda sun’iy intellekt sohasiga qiziqishni oshirish va ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida har chorshanba kuni “AI Study” platformasi asosida sun’iy intellekt to‘garagi tashkil etildi.
To‘garak mashg‘ulotlarida talabalar:
- zamonaviy sun’iy intellekt texnologiyalari bilan tanishadilar;
- amaliy loyihalarda ishtirok etadilar;
- mutaxassislar tomonidan beriladigan mahorat darslarida qatnashadilar.
Barcha qiziquvchi talabalarni to‘garak mashg‘ulotlarida faol ishtirok etishga taklif qilamiz.

