Yangiliklar

img
Sat, 11/25/2023 - 19:26

Stol tennisi boʻyicha gʻoliblar aniqlandi

2023- yil 25- noyabr kuni universitet professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida sportning stol tennisi turi boʻyicha “Rektor kubogi” sport musobaqasi o‘tkazildi.
Mazkur musobaqada Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor v.v.b G.Jo‘rayeva, “Umid” sport klubi rahbar o‘rinbosari R.Alimbayeva, Universitet Kasaba uyushmasi raisi R.Umurzakova, universitet profilaktika inspektori D.Sangirov fakultet dekan o‘rinbosarlari, universitet hamshirasi shifokori F. Davronovalar professor-o‘qituvchilar va xodimlar hamda tyutorlar faol ishtirok etdi.
Hakamlar hayatining xulosasiga ko‘ra:
Erkaklar o‘rtasida:
1-o‘rin O‘zbek filologiyasi fakulteti tyutori  Xasanboyev Nodirbek Xasanboy o‘g‘li,
2-o‘rin universitet g‘aznachisi Esonov Doston Hasan o‘g‘li,
3-o‘rin universitet hisobchisi  Axadov Sardor Sidiq o‘g‘li egalladi.
Ayollar o‘rtasida:
1-o‘rin O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili kafedrasi dotsenti  Iskandarova Gulbahor Turabayevna,
2-o‘rin O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili kafedrasi katta o‘qituvchisi Abdulhakimova Oybarchin Nurboy qizi,
3-o‘rin O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili kafedrasi katta o‘qituvchisi Shirinova Yekaterina Turakulovnalar egalladi.
Musobaqa so‘ngida g‘oliblar universitet rahbariyati tomonidan diplom va “Rektor kubogi” bilan taqdirlandi.