Yangiliklar

img
Fri, 01/07/2022 - 15:29

Stajirovka tajribalari asosida seminar-trening

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Madaniyatlararo muloqot va turizm kafedrasi o’qituvchisi Kertayeva Zaure Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti o’qituvchilari uchun AQShdagi Pennsylvania State University (Pensilvania Davlat universiteti) dagi Faculty Enrichment Program (Sohani rivojlantirish dasturi) bo’yicha 4-oylik stajirovka tajribalari asosida seminar-trening o’tkazdi. 
Seminar talabalarning mustaqil ta’lim ko’nikmalarini rovojlantirish mavzusida bo’lib, unda asosan talabalarning mustaqil ta’lim olishi bo‘yicha qiyinchilik va muammolari, mustaqil ta’limni qo’llab quvvatlash yoki osonlashtirish yo’llari va universitet ta’lim sifatini yaxshilash borasidagi taklif va g’oyalar taqdim etildi va muhokama qilindi.
Bundan tashqari, stajirovka natijasi sifatida  kelgusidagi O’zbekiston va Amerika univeristetlarining hamkorlik loyihalari e’lon qilindi. 
O’qituvchilar seminarga katta qiziqish bildirib, o’z o’qitish metod va usullarini qayta tahlil qilishdi, eng muhimi talabalarining mustaqil o’rganish ko’nikmalarini rivojlantirish bo’yicha yangi xulosa va g’oyalarga ega bo’lishdi.