Yangiliklar

img
Fri, 01/26/2024 - 22:05

Sportchi qizlarimizni qutlaymiz

Avval xabar berganimizdek universitetimiz xotin-qizlari oʻrtasida sport estafetasi boʻlib oʻtdi. Ikki kun davom etgan musobaqalar murosasiz  bahslarga boy boʻldi. 

25-yanvar kuni "Qizlar estafetasi" musobaqalari oʻtkazildi. Unda 7 ta sport mashqlarini bajarish sharti bo‘yicha qizlar o‘zaro bellashdilar. Natijalar quyidagicha:
1-o‘rin Mahmudjonova Laylo –  psixologiya ta’lim yo‘nalishi 102-guruh talabasi;
2-o‘rin Toshboyeva Munisa – kompyuter lingvistikasi ta’lim   yo‘nalishi 101-guruh talabasi;
3-o‘rin Jumayeva Malika – O‘zga tilli guruhlarda oʻzbek tili ta’lim yoʻnalishu 204-guruh talabasi.
26-yanvar kuni esa universitet xodimalari oʻzaro bellashdilar. “Ayollar estafetasi”da birinchi oʻrin Farogʻat Qurbonovaga, ikkinchi oʻrin Nafisa Razzoqovaga va uchinchi oʻrin Shohsanam Boboqulovaga nasib etdi.