Yangiliklar

img
Tue, 11/11/2025 - 19:30

Sportchi qizlarimiz sovrindorlar safida

10-noyabr kuni oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan “Besh tashabbus” olimpiadasining stritbol yoʻnalishi bo‘yicha Toshkent shahar bosqichi boʻlib oʻtdi.

Musobaqada poytaxtdagi turli oliy ta’lim muassasalarining jamoalari faol ishtirok etdi. Bahslar murosasiz raqobat, jamoaviy hamjihatlik va sportga bo‘lgan katta ishtiyoq ruhida kechdi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining qizlar jamoasi musobaqa davomida yuksak mahorat, jipslik va g‘alabaga intilish fazilatlarini namoyon etib, faxrli uchinchi o‘rinni egalladi.

Ushbu natija universitetda sportni rivojlantirish, talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda “Besh tashabbus” g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi izchil ishlarning amaliy samarasidir.

Jamoa a’zolari va ularning murabbiylarini samimiy tabriklaymiz, kelgusidagi musobaqalarda yanada yuksak yutuqlar tilaymiz.