Yangiliklar

img
Sat, 11/25/2023 - 15:26

Sport – salomatlik garovi

O'zbekiston ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan Toshkent Moliya institutining Sport majmuasida O'zbekiston ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo'linmasi Kengashi kubogi uchun Toshkent shahar bo'linma xizmatidagi Oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari va ishchi-xodimlari o'rtasida "Sport - salomatlik garovi" shiori ostida  sport musobaqalari tashkil etildi. Musobaqalarda universitetimiz vakillari ham munosib ishtirok etishdi. 
Jumladan, minifutbol boʻyicha universitetimiz terma jamoasi faxrli ikkinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, ayollar oʻrtasidagi shaxmat oʻyinlarida Xorijiy tillar kafedrasi oʻqituvchisi N.Doʻstmamatova, shashka oʻyinlarida Masofaviy ta’lim kafedrasi oʻqituvchisi M.Vahobovalar ham ikkinchi oʻrinlarni qayd etishdi. Gʻoliblar estalik sovgʻalari va Diplom bilan mukofotlandilar.