
“Space Academy” vakillari va talabalar uchrashuvi
2022-yilning 11-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti tashabbusi bilan “Space Academy” vakillari va talabalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv "Zamonaviy kasblar" mavzusi doirasida seminar shaklida o‘tkazildi. Seminarni universitetimiz Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Bahodir Xoliqov kirish so'zi bilan ochib berdi. Seminarda hozirgi yoshlar o‘rtasida mashhur bo‘lgan spikerlar Temur Alixanov, Azizbek Umaraliyev, Temur Abduraimovlar tomonidan mahorat darslari o‘tildi.
Uchrashuv davomida bugungi kunning eng talabgor kasblari: blogerllik, marketing, smmning jamiyatdagi o‘rni va ularning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Ma’lumki, yuqoridagi kasblar ayni paytda rivojlanish bosqichida bo‘lib, barcha talaba-yoshlarni jalb eta oladi. Talabalar seminarda o‘tilgan mahorat darslarini diqqat bilan tinglashdi. Jarayon yakunida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Tashrif yakunida “Space Academiy” vakillari universitetimiz jamoasiga o‘z minnatdorchiligini bildirib, talabalarni o‘quv kurslariga taklif qilishdi.