Yangiliklar

img
Sat, 12/03/2022 - 11:24

So'z va so'z sehri

O'zbek tili ta'limi fakulteti tashabbusi bilan "So'z va so'z sehri" mavzusidagi adabiy-madaniy tadbir bo'lib o'tdi. Unda Yunus Rajabiy nomidagi o'zbek milliy musiqa san'ati instituti o'qituvchisi safarali Malikov va mazkur OTMning iqtidorli talabalari hamda ToshDO'TAUning she'rxon, g'azalxon talabalari ishtirok etdi. Tomoshabinlar e'tiboriga milliy kuylar va milliy adabiyotimizdan go'zal namunalar taqdim etildi. 
Betakror uyg'unlik, yoqimli misralar va go'zal ohanglar barchaga birdek manzur bo'ldi. Tadbir tashkilotchilari kelgusida ham har ikki oliy o'quv yurtida shu kabi tadbirlarni muntazam ravishda tashkil etishga kelishib oldilar.