Yangiliklar

img
Fri, 11/24/2023 - 14:13

Soʻz va ohang uygʻunligi yoki ikki muzey taassurotlari

Sirtqi ta'lim shakli 301-302-guruh talabalari uchun Oʻzbek adabiyoti fan oʻqituvchilari Iskandarov Fayzulla va Vahobova Madina tomonidan sayyor dars tashkil etildi. Mashgʻulot Yunus Rajabiy va Abdulla Qahhor uy muzeylarida tashkil etildi.  Yunus Rajabiy muzeyida talabalar san’atning, madaniyatning bir qanoti adabiyot boʻlsa, yana bir tomoni musiqa ekaniga yana bir bor amin boʻldilar. Yunus Rajabiy uy muzeyi sohiblaridan kenja vakil Aziz Rajabiy talabalarni mamnuniyat bilan kutib oldi. Ustazoda bobolari haqida, ularning oʻzbek musiqa san’ati rivoji yoʻlida qilgan mehnatlari haqida soʻzlab, muzeyda saqlanayotgan turli musiqa asboblari va Musiqaning xamsasi deb nom olgan 5 tomli "Oʻzbek musiqa san’ati" kitobini koʻrsatdi, shuningdek, yana yangi kitob ustida ishlayotganini ma’lum qildi.  Muzeyda asrab saqlab kelinayotgan madaniy va adabiy  meros barcha talabalarni hayratlantirdi. Talabalar muzeyda Yunus Rajabiy qalamiga mansub  "Farhod va Shirin", "Navoiy Astrobodda" kabi musiqali dramalari saqlanayotganini, sahnada ijro etgan aktyorlar tasvirlarini tomosha qildilar.

  

Abdulla Qahhor uy muzeyida esa  talabalarimiz  Abdulla Qahhorning bevosita "Sarob" kabi bir qancha nasriy asarlarini yozgan ish stoli, u yerda har bir hikoyasi ustida ishlab, yuzlab sahilarga koʻchirgan xonasi, toʻrt mingdan ortiq kitoblarga ega boy kutubxonaning bugungi kungacha saqlanganligi hamda adib hayoti va ijodi bilan bogʻliq turli detallarni oʻz koʻzlari bilan koʻrib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.  Talabalarimiz - bo'lajak ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari bugungi san’at va adabiyotni bog'lab bergan bu ikki muzeydagi mashgʻulotlardan esda qolarli xotiralar bilan qaytishdi. Bu bilimlar ularga kelajakda ta'lim muassasalarida oʻz oʻquvchilariga avvalo, soʻzni, adabiyotni, adibni, muallifni, shoirni yanada tushunish, tushuntirish, ularning har bir yozib qoldirgan adabiy meroslarini his qila olishlari uchun, badiiy asarlar sharhida qoʻl keladigan jonli tasvirlarni koʻrganlari, bilganlari, olgan boshqa koʻplab yaxshi  taassurotlari ham kelgusi hayot yoʻlida olgan nazariy bilimlariga qoʻshimcha ravishda yordamchi boʻla oladi deb umid qilamiz.