Thu, 11/10/2022 - 07:05
So‘z va kuy uyg‘unligi
Joriy yilning 9-noyabr kuni Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti Ona tili va adabiyot ta'limi fakulteti tashabbusi bilan "So‘z va kuy uyg‘unligi" nomli badiiy dastur tashkil etildi. Dasturda fakultet ijodkor talabalari, ustozlari va taniqli san'atkor Shuhrat Daryo ishtirok etdi. O‘zining jonli ijrosi, shirali ovozi bilan koʻpchilikning qalbidan joy olgan Shuhrat Daryoning bu galgi tashrifi ham yodda qolarli boʻldi. Qoʻshiqlar guldastasidan ilhomlangan talabalar san'atkor bilan birgalikda joʻr boʻlib kuylashdi, eng go‘zal she'rlarni o‘qib eshittirdilar.

Kuy va badiiy so‘z uyg‘unligida ijro etilgan diltortar taronalar, jonli musiqa — talabalarning maroqli hordiq chiqarishlariga xizmat qildi.



