Yangiliklar

img
Wed, 04/20/2022 - 12:51

"Sog'lom hayot uchun 5 ming qadam" marafoni

Prezidentimiz tomonidan aholining sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faolligini oshirishni tashkil qilish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan qaror va farmonlar qabul qilinayotgani o‘z samarasini bermoqda. Davlat va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, zararli odatlarga qarshi kurashish, aholining tibbiy madaniyatini rivojlantirish, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va ommaviy sport harakatini tibbiyot profilaktikasi bilan integratsiyalashtirish bo‘yicha ommaviy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan, joriy yilning 20-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetida “Sog’lom hayot uchun 5 ming qadam” shiori ostida marafon bo’lib o’tdi.

Mazkur tadbirni universitetimiz rektori Sh.Sirojiddinov kirish so’zi bilan ochib berdi.

Marafonda Yakkasaroy tuman hokimligi, universitetimiz Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori B.Xoliqov, barcha fakultet dekan o’rinbosarlari, tyutorlari va talabalar, shuningdek, Milliy gvardiya xodimlari ham ishtirok etishdi.

Tadbir barcha ishtirokchilarga ko’tarinki ruh bag’ishladi.

Marafon Adiblar xiyobonidagi Alisher Navoiy haykali oldida harbiy orkestr kuylari ostida yakunlandi.