Yangiliklar

img
Sat, 10/01/2022 - 01:54

Sizga ta'zim, aziz ustozlar

Yurtimizning barcha go‘shalarida bayram shukuhi.  1-oktabr — ustoz va murabbiylar kuni keng tantana qilinmoqda.  Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUda ham bu qutlug‘ sana munosabati bilan bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi.  

Erta tongdan barcha ustozlar musiqa ohanglari ostida, guldastalar bilan kutib olindi.  

Xush kayfiyat, go‘zal tilaklar, quvnoq raqslar hamrohligida boshlangan kun shogirdlarning ustozlariga ehtiromi bilan yanada munavvar bo‘ldi. 

Ona tili va adabiyoti ta'limi fakulteti talabalari tomonidan tashkil etilgan badiiy dastur tonggi xursandchilikning mantiqiy davomi bo‘ldi. 

Fakultet talabalari — bo‘lajak ustozlar tomonidan tayyorlangan bu tadbir barchaning quvonchiga quvonch qo‘shdi. 

Bayram har bir fakultet, har bir auditoriya, har bir ko‘ngilda davom etmoqda!