Yangiliklar

img
Fri, 01/27/2023 - 20:47

Sifatli ta'limdan yuqori natijagacha

Bugungi kunda har bir oliy ta'lim muassasasining nufuzini xalqaro reytinglardagi o'rni va ishtiroki bilan baholashadi. Xalqaro reytinglar universitetlarning faoliyatini xolis va obyektiv baholashda bir qancha tamoyillarga qat'iy amal qiladi. Ushbu tamoyillardan kelib chiqqan holda ta'lim-tarbiya jarayonini to'g'ri tashkil etgan OTMning reytingdagi o'rni mustahkamlanib, yilma-yil yuqorilab boraveradi. 27-yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti rektori va soha prorektorlari xalqaro reytinglarda universitet ishtirokini munosib tashkil etish bo'yicha strategik rejalarga bag'ishlangan kichik majlis o'tkazdilar. Majlis davomida shu kungacha universitetda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi, THE (Times Higher education) reytingi mezonlaridan kelib chiqqan holda faoliyatni to'g'ri tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Xususan, universitet tomonidan muntazam tashkil etiladigan uluslararo anjumanlarni o'tkazishda xorijiy tajribalarni amaliyotga joriy etish, sifat va saviyani yanada oshirish, mahalliy va xorijdagi hamkorlar bilan tizimli ishlash bo'yicha aniq topshiriqlar berildi. 


Umid qilamizki, joriy yilda universitetimizning milliy va xalqaro reytinglardagi natijasi yanada quvonarli bo'ladi.