Yangiliklar

img
Tue, 03/01/2022 - 16:49

Shoirani yod etib...

Bugun Respublika Maʻnaviyat va ma rifat markazida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlikda shoira Zulfiya Isroilova tavalludining 107 yilligiga bagʻishlangan “Bahor keldi seni soʻroqlab” adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.  Unda shoirlar, ziyolilar, sheʼriyat ixlosmandlari va talabalar ishtirok etdi. 
Uchrashuvda shoira Zulfiyaning hayoti va ijodi haqida  fikr va mulohazalar bildirildi, shoiraning eng sara sheʼrlari oʻqildi, uning ijodiga bag’ishlangan videorolik namoyish etildi. Ma’naviy tadbirda Amaliy filologiya fakulteti maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha dekan muovini S.Xudoyberdiyeva soʻzga chiqib, Zulfiyaning yorqin ijodi haqida iliq fikrlar bildirdi. Tadbirda taniqli xushovoz xonandalar tomonidan Zulfiyaxonim sheʼrlariga bastalangan qoʻshiqlar yangradi.