Yangiliklar

img
Sat, 09/16/2023 - 15:34

Shoir Vafo Fayzullohning yangi kitoblari taqdimotidan

2023-yilning 16-sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida taniqli shoir va tarjimon Vafo Fayzullohning "Iz" saylanmasi va "Belgidan belgigacha" kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi. Taqdimotda shoir she’rlaridan o‘qidi. O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi Abdug'ani Juma, atoqli shoir Axatamquli, adabiyotshunos olim Bahodir Karim va boshqalar so‘zga chiqdi. Vafo Fayzullohning hayot yo‘li, sermahsul ijodi haqida iliq fikrlar bildirdi. Shoirning she’rlaridagi falsafa va badiiy tafakkur haqida to‘xtalishdi. Yangi chop etilgan kitoblar salmog‘i haqida so‘z yuritildi.


Ma’lumot uchun: Vafo FAYZULLOH 1963 yil 27 iyulda Buxoro (hozirgi Navoiy) viloyati, Karmana tumanidagi, Tog‘guzar qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDU (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetida va Moskvadagi Adabiyot instituti Oliy adabiyot kursida tahsil olgan.O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.


Yosh ijodkorlar tomonidan shoir Vafo Fayzulloh ijodidan o‘qilgan she’rlar davraga o‘zgacha fayz ulashdi.