
Shoir Shukur Qurbon universitetimiz mehmoni
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining Axborot resurs markazi tomonidan tashkillashtirilgan “Kitob haftaligi”da xalqparvar va hayotsevar shoir, tarjimon Shukur Qurbon bilan kitobxon talabalar uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Shoir tadbir ishtirokchilariga o’z hayot va ijod yo’li haqida gapirib berish barobarida she’rlaridan o’qidi. Ijodining yaralish nuqtasi, she’rlarining yozilish tarixi haqida ham to’xtalib o’tdi. Tarjimon sifatida F. Petrarka, A. Pushkin, A. Mitskevich, J. Prever, N. Hikmat, M. Lermontov, R. Hamzatov, Ye. Yevtushenko va boshqa mumtoz hamda zamonaviy shoirlar asarlarini ona tilimizga oʻgirishdagi hayajonlarini to’lqinlanib gapirdi.
Samimiyatga yo’g’rilgan shoir bilan uchrashuv talablar uchun juda yoqimli bo’ldi. Uchrashuv yakunida shoir Shukur Qurbon oʻzining “Salomlashish abadiyati-la”, “Yonardi koʻnglim” kabi kitoblarini kitobxonlarga taqdim etdi.
Ma’lumot o'rnida, Shukur Qurbon maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishdagi asarlari uchun Movarounnahr musulmonlari diniy boshqarmasining mukofoti bilan taqdirlangan.