Yangiliklar

img
Mon, 02/28/2022 - 18:10

Shoir bilan uchrashuv yoki yana bir she'r bayrami

Bugun Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Amaliy filologiya fakultetida  Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi,  shoir Bobur Bobomurodning talabalar bilan ijodiy uchrashuvi boʻlib oʻtdi. 
Ushbu adabiy-madaniy tadbirni Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor  B.Xoliqov   ochib berdi. 
So’ngra soʻz shoir Bobur Bobomurodga berildi. Shoir oʻz hayot yoʻli, ijod mashaqqatlari, sheʼriyat haqida toʻlqinlanib gapirdi. Goʻzal va betakror sheʼrlaridan  oʻqidi.
Shundan soʻng, fakultet dekani S.Muhamedova  shoir ijodining oʻziga xos jihatlari haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi. 
Tadbirda sheʼriyat ixlosmandlari  shoirning   dilga yaqin sheʼrlaridan  oʻqib berdilar. Badiiy kecha oʻzgacha mazmun kasb etdi, she’riyat bayramiga aylandi.