Yangiliklar

img
Tue, 04/26/2022 - 17:20

"Shekspir va biz" deb nomlangan bayram tadbiri

Joriy yilning 26-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti tashabbusi bilan fakultet talabalari o‘rtasida "Shekspir va biz"  deb nomlangan tadbir o‘tkazildi.

Unda mazkur fakultet kafedrasi hamda Madaniyatlararo muloqot va turizm kafedrasi talabalari ishtirok etishdi.  Tadbirda guruhlarga bo’lingan talabalar turli qiziqarli shartlar yuzasidan bellashishdi.

 Yosh tarjimon-talabalar Shekspirning "Otello", "Romeo va Julyetta" kabi dunyoga mashhur pyesalaridan lavhalar ijro etishdi.

Tadbir davomida ingliz yozuvchisining asarlari tarjimasiga bag‘ishlangan tanlovlar o‘tkazildi. Fakultet talabalari tomonidan tayyorlangan videoroliklar barcha qatnashuvchilarning kayfiyatini a’lo darajaga ko’tardi.

Bir so’z bilan aytganda, auditoriyada haqiqiy ingliz muhiti jonlandi. Bugungi mo’jizaviy tadbir she'riyat,  teatr va san'atning ko‘plab  sohalarini tarjima jabhasida birlashtirgan ajoyib kecha sifatida esda qolgan bo'lishi aniq.  

Sahnalashtirilgan va o‘ziga xos kayfiyat hukmronlik qilgan tadbirda turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar taqdirlandilar.  

Adabiyot makon,  zamon tanlamaydi.  Shekspir ijodi har davr uchun sevimli va jozibador olami bilan qadrli bo‘lib qolaveradi. Ma’lumot o’rnida, Vilyam Shekspir asarlari jahon adabiyoti uchun xazinadir, u XVI-XVII asrlar orasida yashagan ingliz shoiri, dramaturg va sahna aktyori edi. Uni ingliz tilidagi barcha zamonlarning eng muhim muallifi deb hisoblashadi. Shekspirning pyesalari komediya, tarixiy dramalar va fojiani qamrab oladi. Uning buyukligi ham tilning ravon ishlatilishida, ham u yaratgan obrazlarning qirraliligi va universalligidadir.