Yangiliklar

img
Tue, 04/22/2025 - 15:33

"Sharq mumtoz poetikasi muammolari: Navoiy va Rumiy"

2025-yil 22-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida "Sharq mumtoz poetikasi muammolari: Navoiy va Rumiy" mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya boʻlib oʻtdi. Tadbirga Oʻzbekiston, Turkiya, Rossiya, Eron, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Tojikiston va Buyuk Britaniyadan oʻndan ortiq taniqli olimlar, professorlar va tadqiqotchilar ishtirok etdi. 
Konferensiya ochilish marosimi bilan boshlanib, unda universitet rektori akademik Sh.Sirojiddinov, Turkiyaning taniqli olimi Ahmet Akalin, Oʻzbekistonning yetakchi adabiyotshunos olimlari Suvon Meli va Kemal Yavuz Atamon kabi mutaxassislar tabrik nutqlari bilan chiqishdi. Asosiy maruzalarda Navoiy va Rumiy ijodidagi umumiy gʻoyalar, Sharq mumtoz poetikasining zamonaviy talqini, tasavvuf adabiyotining rivoji masalalari va qiyosiy adabiyotshunoslik metodologiyasi kabi muhim mavzular yoritildi. 
Konferensiya ishtirokchilari Navoiy va Rumiy merosini oʻrganishning dolzarb masalalari boʻyicha fikr almashish, yangi ilmiy aloqalar oʻrnatish va kelajakdagi hamkorlik yoʻnalishlarini belgilash imkoniyatiga ega boʻlishdi. Zoom platformasi orqali oʻtkazilgan onlayn translyatsiya davomida 100 dan ortiq virtual ishtirokchi tadbirdan bahramand boʻldi.