Yangiliklar

img
Thu, 11/24/2022 - 09:46

Sharq ayoli ma'rifati

23-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi bilan hamkorlikda "O‘zbekiston tarixida chuqur iz qoldirgan ma'rifatparvar ayollarning hayoti biz uchun ibrat" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent shahridagi "Armug‘on", "Boshliq", Muqimiy mahallalari faollari, talaba yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirni universitetimiz xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash raisi,  f.f.d.  Gulnoza Jo‘rayeva kirish so‘zi bilan ochib berdi.  
Shundan so‘ng siyosatshunos olima,  professor Jamila Shermuhammedova,  huquqshunos olima, professor Feruza Muhitdinova,  O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulovalar so‘zga chiqib,  jamiyatimizda ayollarning ijtimoiy mavqeyini yanada mustahkamlash,  ularning huquqiy bilimlarini oshirish,   ilmiy salohiyatlarini yuksaltirish borasida fikr yuritdilar. 


O‘zbekiston davlat Xoreografiya akademiyasi raqqosa qizlarining chiqishlari tadbir qatnashchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.