
Wed, 03/09/2022 - 17:29
"Sham va shamshir" kitobi taqdimoti
Bugun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida Muzaffar Mirzoning “Sham va shamshir” nomli kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi. Taqdimotni Yoshlar bilan ishlash va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor B. Xoliqov ochib berdi. Taqdimotda jurnalist D.Yoqubov ham ishtirok etdi hamda kitob haqida oʻz fikr mulohazalarini bildirdi. Taqdimotda shuningdek, kitobni oʻqigan talabalar ham soʻzga chiqdi va asar haqida iliq fikrlarini bildirib oʻtishdi.