Yangiliklar

img
Thu, 03/10/2022 - 12:55

Seul milliy universiteti prezidenti stipendiyasini qo'lga kiriting

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 4-martdagi №08/7098 xatiga ko‘ra, 2022-yil kuzgi semestr uchun e’lon qilingan Seul Milliy Universiteti (Seoul National University) prezidenti stipendiyasi (SNU President Fellowship, SPF) haqida ma'lumotlarni e'lon qilamiz. Mazkur dastur o‘qituvchi va professorlar bo‘lib ishlayotgan, falsafa doktori ilmiy darajasini (PhD) olishni istaganlar uchun mo‘ljallangan. Koreya tomonining ma’lumotiga ko‘ra, nomzodlar respublika OTMlari professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, doktorantlari, magistrantlari qatoridan bo‘lishlari va muayyan talablarga javob berishlari lozim. Tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan nomzodlar mustaqil ravishda https://en.snu.ac.kr/admission veb-saytida batafsil ma’lumotlar bilan tanishib, talabnomani online tarzda to‘ldirishi kerak.