Şarq şe’riyati ingliz şoiri nigohida
2026-yil 29-oktabr kuni Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida özbek mumtoz adabiyotini xalqaro miqyosda tarğib etiş, milliy şe’riyatimizning badiiy-estetik xususiyatlarini xorijiy adabiy jamoatçilikka yetkazişga qaratilgan xalqaro adabiy uçraşuv bölib ötdi.
Universitet Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi qoşidagi “TARJIMAŞUNOSLIK” xalqaro seminari doirasida taşkil etilgan tadbir Buyuk Britaniyalik taniqli şoir va tarjimon Endryu Stenland iştirokidagi “Şarq şe’riyati ingliz şoiri nigohida” mavzusidagi adabiy muloqot hamda uning tarjimalari asosida naşr etilgan kitoblar taqdimotiga bağişlandi.
Tadbirni universitetning ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektori, professor Nozliya Normurodova oçib berdi. U özbek mumtoz şe’riyatining jozibasi, teran falsafasi va badiiy nafosatini xorijiy tillarga yetkazişda badiiy tarjimaning alohida örin tutişini ta’kidlab, Endryu Stenlandning milliy adabiyotimizni xalqaro miqyosda tanitiş yölidagi ijodiy xizmatlarini e’tirof etdi.
Uçraşuv davomida Buyuk Britaniyalik şoir va tarjimon Endryu Stenlandga Alişer Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU rektori, akademik Şuhrat Sirojiddinov nomidan universitetning esdalik “Alişer Navoiy” medali tantanali ravişda topşirildi. Uşbu e’tirof xorijiy ijodkorning özbek mumtoz adabiyotini ingliz tilida tarjima qiliş va xalqaro adabiy muhitda tarğib etiş borasidagi samarali ijodiy faoliyatiga bildirilgan hurmat ramzi böldi.

Endryu Stenland “Classical Central Asian poetry through the eyes of an Engliş poet” mavzusidagi ma’ruzasida Şarq mumtoz şe’riyatining öziga xos badiiy olami, ohangdorligi va falsafiy mazmuni, şuningdek, uni ingliz tiliga tarjima qiliş jarayonidagi ijodiy izlanişlar va tarjimon duç keladigan murakkabliklar haqida fikr bildirdi. U özbek şe’riyatining jahon kitobxoniga yetib borişida tarjimon mas’uliyati va badiiy sözning ta’sirçanligini saqlaş muhimligini qayd etdi.
Tadbirda filologiya fanlari doktori, professor Nusratullo Jumaxöja ham sözga çiqib, mumtoz adabiyotimiz namunalarining jahon tillariga tarjima qilinişi va xalqaro adabiy maydonda munosib örin egallaşi milliy adabiy merosimizni dunyoga tanitiş bilan birga, yangi ilmiy va ijodiy izlanişlar uçun ham muhim zamin yaratişini ta’kidladi.

Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori, pedagogika fanlari nomzodi Abdumajid Mamadaliyev “Tarjimaning oltin qoidasi” mavzusida fikr yuritib, badiiy tarjimaning nazariy asoslari, amaliy tamoyillari hamda tarjimon oldidagi muhim ijodiy vazifalarni yoritib berdi.
Tadbir yakunida Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri, PhD, dotsent Mahmadiyor Asadov tomonidan Endryu Stenlandga özbekona milliy esdalik sovğalari topşirildi. Şuningdek, tomonlar kelgusida amalga oşirilişi rejalaştirilgan istiqbolli tarjima loyihalari, özbek adabiy merosini ingliz tilida kengroq tarğib etiş va xalqaro adabiy hamkorlikni rivojlantiriş masalalari yuzasidan fikr almaşdilar.
Mazkur uçraşuv özbek mumtoz şe’riyatining xalqaro miqyosdagi badiiy muloqotini kengaytiriş, tarjimonlar va adabiyotşunoslar örtasidagi ijodiy hamkorlikni mustahkamlaş hamda milliy adabiy merosimizni jahon kitobxonlariga yetkaziş yölidagi muhim qadamlardan biri böldi.

