Yangiliklar

img
Fri, 10/23/2026 - 19:15

Salbiy stereotiplarga qarşi soğlom psixologik muhit

Joriy yilning 23-oktabr kuni universitet psixologi Nozima Töxtayeva guruh tyutorlari iştirokida “Inklyuziv ta’lim muhitida salbiy stereotiplarni bartaraf etiş” mavzusida seminar taşkil etdi.

Seminarda ta’lim jarayonida barça talabalar uçun teng imkoniyatlar yaratiş, özaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlaş, şuningdek, salbiy stereotiplarning oldini olişda guruh tyutorlarining örni va mas’uliyati haqida söz yuritildi.

Tadbir davomida talabalarni individual xususiyatlari, qiziqişlari va ehtiyojlarini inobatga olgan holda qöllab-quvvatlaş, ularning taşabbuslarini rağbatlantiriş hamda jamoada soğlom psixologik muhitni şakllantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Şuningdek, talabalar turar joyida döstona va özaro hurmatga asoslangan muhitni ta’minlaş, har bir talabaning jamoa hayotida faol iştirok etişi uçun şaroit yaratiş yuzasidan tavsiyalar berildi.

Seminar yakunida guruh tyutorlari mavzu yuzasidan öz fikr-mulohazalarini bildirdi. Talabalar bilan işlaşda hamkorlikni kuçaytiriş, inklyuziv muhitni rivojlantiriş va har bir talabaning imkoniyatlarini röyobga çiqariş böyiça kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.