Yangiliklar

img
Tue, 09/27/2022 - 13:12

Rossiyalik talabalar universitet jamoasidan minnatdor

Avval xabar berganimizdek, universitetimizda Nijniy Novgorod davlat lingvistika universitetining 5 nafar talabasi akademik almashinuv asosida tahsil olmoqda. Ularning universitetda o'tkazilayotgan turli tadbirlar, mashg'ulotlar va seminarlardagi faolligi universitet muhitiga tez moslashganliklaridan dalolat. O'zbekistonlik tengdoshlari bilan ular shahrimizning diqqatga sazovor joylariga sayohat qildilar, talabalar turar joyida milliy taomlarimizni tayyorlashni o'rgandilar va asosiysi ikki davlat yoshlari o'zaro do'stlik aloqalarini o'rnatdilar. Universitetimizning professor-o'qituvchilari ham rossiyalik talabalarga dars mashg'ulotlariga moslashishlari, o'z fikrlarini,  tajribalarini bayon etishlari uchun ko'mak bermoqdalar. O'zbek tilini o'rganish borasida ham ularning natijalari yomon emas. 


"BMT modeli" xalqaro anjumaniga tayyorgalik ko'rishda ham bu borada katta tajribaga ega NDLU talabalarining yordami beqiyos bo'lmoqda.

 
Universitetimizda tashkil etilgan A.S.Pushkin nomidagi rus tili va madaniyati markazida tashkil etilgan davra suhbatida ham bu talabalar faol ishtirok etishmoqda. Universitet rektori Shuhrat Sirojiddinov bilan suhbatda rossiyalik yoshlar yaxshi mezbonlik, mehr va e'tibor uchun, yuqori sifatdagi  o'quv jarayonlari uchun universitet jamoasiga minnatdorchilik izhor qildilar.


Yaqin orada universitetimiz talabalaridan iborat jamoa NDLU da akademik almashinuv asosida tahsil olish uchun yuboriladi.