Yangiliklar

img
Tue, 03/12/2024 - 11:09

Rossiyalik olim universitetimiz talabalariga saboq beradi

Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridagi Sankt-Peterburg davlat texnologiyalar instituti dotsenti, sotsiologiya fanlari nomzodi Aleksandr Gonashvili universitetlararo imzolangan memorandum talablarini bajarish maqsadida ToshDO‘TAUga keldi. U 2024-yil 11-13 mart kunlari O‘zbek tili ta’limi fakulteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi Sotsiologiya yo‘nalishi talabalariga “Umumiy sotsiologiya” va “Sotsiologik tadqiqot metodologiyasi, metodi va texnikasi” fanlaridan darslar olib boradi. Universitet talabalari davr talabi bo‘lgan xorij tajribasini o‘rganishmoqda. O‘z navbatida xorijlik pedagog ham o‘zbekistonlik hamkasblari bilan o‘zaro tajriba almashish asnosida, ikki OTM professor-o‘qituvchilari o‘zaro hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha rejalar tuzishdi.