Yangiliklar

img
Tue, 06/20/2023 - 23:52

THE reyting tashkilotining mintaqaviy direktori universitetimizga tashrif buyurdi

Xabaringiz bor Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Times Higher Education xalqaro reytingi natijalariga ko‘ra joriy yilda dunyoning TOP-600+ OTMlari qatoridan joy oldi. Bugun mazkur nufuzli reyting agentligining mintaqaviy direktori Lachin Italmazova universitetimizga tashrif buyurdi. Mehmonni universitetimiz Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori Nozliya Normurodova kutib oldi. Suhbat davomida Lachin Italmazova universitetni muvaffaqiyatli natija bilan qutladi va ta'lim muassasasida yaratilgan imkoniyatlar, qulayliklar,  innovatsion tashabbuslar bilan yaqindan tanishdi. Suhbat davomida kelgusi yillarda universitetning xalqaro reytinglardagi o'rnini yanada mustahkamlash, yuqori natijalar qayd etish uchun amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar bo‘yicha maslahatlashildi.


Uchrashuvda Times Higher Education Impact Reytingida qatnashgan O'zbekiston oliy ta`lim muassasalarining natijalari tahlil qilindi hamda Times Higher Education reyting agentligi bilan bevosita hamkorlikni rivojlantirish, universitetning xalqaro miqyosidagi mavqeyini oshirish chora-tadbirlari borasida fikr yuritildi.


Lachin Italmazova o‘z navbatida universitetning xalqaro reyting ko‘rsatkichilarini oshirishga qaratilgan asosiy indikatorlar haqida aytib o‘tdi va universitetlar, tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy talabalarning sonini ko‘paytirish hamda THE platformasidagi universitet profilini yaxshilash bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.


Asosiysi,  universitetning potensialini xalqaro ekspert yuqori baholadi va kelgusida THE va boshqa xalqaro reytinglarda katta natijalar qayd etishimizga ishonch bildirdi.