Yangiliklar

img
Wed, 10/25/2023 - 22:11

"Rektor kubogi" sport musobaqalariga start berildi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida turli xil tanlovlar, teatr jamoalari chiqishlari, sport musobaqalari kabi tadbirlar doimiy ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.
Jumladan, 25-oktabr kungi  “Rektor kubogi” musobaqalari yangi mavsumiga start berildi. Bu gal ham talabalar sportning mini-futbol, voleybol, basketbol, shaxmat-shashka turlari bo'yicha bellashuvlarda ishtirok etadilar.  
Musobaqaning tantanali ochilish marosimida universitet rektori Shuhrat Sirojiddinov so'zga chiqib, barcha talabalarni sport musobaqalarida faol ishtirok etishga chorladi. Bir necha kun davomida fakultet bosqichlarida g'alaba qozongan jamoalar o'zaro bellashadilar. G'oliblar qimmatbaho sovg'alar va "Rektor kubogi"ni qo'lga kiritishlari mumkin.