Yangiliklar

img
Thu, 05/11/2023 - 18:25

"Rektor kubogi" kimga nasib etdi?!

Universitet kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan xodimlar o‘rtasida turli musobaqalar tashkil etib kelinmoqda. Xususan, 10-may kuni
Mini Futbol boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Musobaqada universitet fakultetlari va turli bo‘limlaridan tuzilgan 6 ta jamoa shiddatli oʻyin koʻrsatishdi. Murosasiz bellashuvlar yakuniga ko'ra 1-oʻrin Oʻzbek filologiyasi fakulteti jamoasiga, 2-oʻrin Axborot texnologiya markazi xodimlariga, 3-oʻrin Ona tili va adabiyot taʼlimi fakulteti jamoasiga nasib etdi.
G'oliblarga kubokni universitet yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Bahodir Xoliqov topshirdi. G‘oliblarni tabriklaymiz.