Yangiliklar

img
Sat, 04/12/2025 - 16:33

“Registrator ofisi” faoliyati o‘rganildi

Joriy yilning 12-aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 19-martdagi 111-sonli buyrug‘i asosida ishchi guruh oliy ta’lim muassasalari “Registrator ofisi” faoliyatini joyiga borib o‘rganish maqsadida Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida tashrif buyurishdi.  Tashrif davomida ToshDO‘TAU “Registrator ofisi” faoliyati atroflicha o‘rganildi. Xususan, ishchi guruh tomonidan Registrator ofisining funksional vazifalari va ko‘rsatilayotgan xizmat turlariga mosligi, yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik jihozlar bilan ta’minlanganligi, hujjatlarni yuritish tizimi hamda xizmat ko‘rsatish uchun sanitariya me’yoriy talablariga mosligi, talabalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati to‘liq ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ajratilgan shtat birliklarining talabalar kontingentiga mosligi va belgilangan talablarga mos malakali xodimlar bilan to‘ldirilganligi kabi qator mezonlar bo‘yicha universitetning “Registrator ofisi” faoliyati atroflicha o‘rganildi. 

 

  

Mazkur ofis universitetning markaziy xizmati bo‘lib, talabalar uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumot va xizmatlarni taqdim etadi. Xususan, talabalarga yordam berish, hujjatlarni rasmiylashtirish, akademik va boshqa turdagi murojaatlarga javob berish kabi tizimli xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu talabalar uchun katta qulaylik yaratmoqda. Shu bilan birga, ofis zamonaviy texnik jihozlar — kompyuterlar, printerlar, ish stollari, qulay o‘rindiqlar bilan to‘liq ta’minlangan. Bu esa xizmatlar sifatini yanada oshirib, talabalarning kundalik ish faoliyatini yengillashtirmoqda. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 24-fevraldagi 73-sonli buyrug‘i talablari asosida yaratilgan ushbu shart-sharoitlar ishchi guruh tomonidan ijobiy baholandi. 
Shundan so‘ng aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ofis faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qator tavsiyalar berildi.