Yangiliklar

img
Wed, 10/05/2022 - 12:23

Rauf Parfini xotirlab

O'zbek adabiyotida o'ziga xos ovozga, ohangga va yangi yo'nalishga ega bo'lgan, buyuk iste'dod egasi Rauf Parfi kitobxonlarning eng ardoqli shoiridir.  
5-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida shiddatli shoirning xotira kechasi bo'lib o'tdi. Aslida bu tadbir shoir tavallud topgan 27-sentabr kuni o'tkazilishi kerak edi, ammo bu kunda yana bir iste'dod egasi Jamol Kamolning vafoti bois kechikdi. 
Bugungi she'r va shuur kechasida akademik Naim Karimov boshchiligida ko'plab nomdor adabiyotshunos olimlar, shoir Xurshid Davron boshchiligida zamondosh shoirlar va Rauf Parfining farzandlari, muxlislari ishtirok etdi.

Tadbirda Rauf Parfining "Saylanma"si taqdimoti ham o'tkazildi. Olovli she'rlardan iborat mushoira qaqragan yuraklarga hayot baxsh etgandek bo'ldi. She'riyat muhiblarining qalbi yorishdi, pokiza tuyg'ular tarannum etilgan she'rlardan iborat mushoira uzoq davom etdi.


Shoirning o'zi qayd etganidek:
 Men gʻolibman buyuk lashkarman,
Bosib oldim sevgi yurtini...