Yangiliklar

img
Fri, 10/20/2023 - 09:59

Rasmiy munosabat

Joriy yilning 19-oktabr kuni "Masofata'lim"  telegram kanalida "Shishirilgan obuna" sarlavhali post e'lon qilindi. Unda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyot universiteti 5 ta gazetaga bir yil muddatga obuna bo‘lish uchun “Grand Inter Media” MChJ bilan 117 mln so‘mlik shartnoma tuzgani va bunda narxlarni sun'iy oshirish bilan bog'liq holatlar mavjudligi aytilgan. 
Universitet rahbariyati tomonidan mazkur masala bo'yicha hujjatlar tekshirilib, obuna narxlari bilan bog'liq masalalar o'rganilmoqda. Yetkazib beruvchi va universitet tomonidan shartnoma qayta ko'rib chiqilishini ma'lum qilamiz.