“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida talabalar ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Unda Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allaberganova hamda universitetning faol va tashabbuskor talabalari ishtirok etdi.
Samimiy va ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlarning ta’lim olishi, o‘z ustida ishlashi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishi, ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish hamda turli tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qilib, taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Yoshlarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularni amalga oshirish, mavjud muammolarga yechim topish va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, uchrashuvda yoshlarning jamiyat hayotidagi o‘rni, ularning yangi g‘oyalar va loyihalar bilan faol ishtirok etishi, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishi muhim ekani ta’kidlandi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan yo‘nalishlar bo‘yicha zarur tavsiya va tushuntirishlarga ega bo‘ldilar.
Uchrashuv yakunida yoshlarning murojaat va takliflari yuzasidan tegishli masalalar muhokama qilinib, bildirilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha fikrlar bildirildi. Bunday ochiq muloqotlar yoshlar bilan bevosita fikr almashish, ularning tashabbuslarini eshitish va dolzarb masalalarni birgalikda muhokama qilish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.

