Yangiliklar

img
Thu, 01/25/2024 - 15:15

Rahbar ayol imiji qanday bo'lishi kerak?!

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talaba qizlari uchun  "Rahbar ayol imidji" mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Tadbirda universitetimiz ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori, pedagogika fanlari doktori, professor Odina Jamoldinova, universitet kasaba uyushmasi kengashi raisi, sotsiologiya fanlari nomzodi Ra'no Umurzakovalar ishtirok etdilar. Ular  o’zlarining erishgan yutuqlari,kasbiy faoliyatlari bilan o’rtoqlashdilar.
Ayol kishi bir tarafdan qaraganda nozik xilqat bo‘lsa, boshqa bir tarafdan  juda ko‘p ishlarni muvaffaqiyat bilan bajaruvchi yaxshi ishboshi hamdir.
Zamonaviy dunyoda boshqaruvning an’anaviy modellaridan uzoqlashishi, texnologiyaning rivojlanishi va ma’lumotlarga kirishning qulayligi har bir jabhada o‘ziga xos evolutsiya yaratdi. Ushbu evolutsiya ayollarga ko‘proq yordam berdi va ayollar tashkilotlarda rahbar lavozimlariga o‘ta boshladilar. Hozirda Amerikaning
500 ta yirik kompaniyasi reytingida bosh direktorlik lavozimida ayollar soni 4,6 % ni tashkil etadi. O'zbekistonda ham rahbar lavozimlarda ayollarning ulushi yildan yilga oshib bormoqda. 

Talaba-qizlar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.