Yangiliklar

img
Wed, 11/30/2022 - 16:52

Quvnoq talabalardan maroqli konsert

Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti talabalari tomonidan tashkil etilgan "TQT" jamoasining konsert dasturi  bo‘lib o‘tdi.  Mazkur tadbirni Yoshlar masalalari ma’naviy-ma’rifiy ishlar  bo‘limi boshlig‘i A.Ikromov  ochib berdi. Konsertda namoyish etilgan sahna ko‘rinishlari talabalarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Zukko talabalarimizning esda qolarli chiqishlari, quvnoq hazillari tadbir tomoshabinlarga manzur bo‘ldi. 
Talabalar darsdan bo‘sh vaqtlarini unumli tashkil etayotganliklari juda quvonarli. Ular talabalik davrining har bir daqiqasini unutilmas qilishda bor iqtidorlarini ishga solmoqdalar.