Yangiliklar

img
Tue, 03/12/2024 - 09:43

Qozog‘istonlik professorlar o‘zaro tajriba almashish uchun ToshDO‘TAUga keldi

Qozog‘iston Respublikasi Semey shahridagi Shokarim universiteti  bilan ToshDO‘TAU o‘rtasida imzolangan kelishuvga asosan professor-o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashishi keng yo‘lga qo‘yilgan. 2024-yil mart oyida mazkur universitet professorlari Nazigul Gazizova, Sholpan Satiyeva universitetlararo tasdiqlangan memorandumdagi ustuvor vazifalarni bajarish maqsadida universitetimizda bo‘lib turibdilar. Ular ikki hafta davomida universitetimiz professor-o‘qituvchilari bilan tajriba almashish barobarida talabalarga dars ham beradilar. Mehmonlarimiz tomonidan Sotsiologiya va Psixologiya yo‘nalishlarida tahsil oluvchi talabalarga mahorat darslari ham o‘tkazadilar. 
Eslatib o‘tamiz, Shokarim universitetining ikki nafar talabasi akademik mobillik asosida universitetimizda bahorgi semestr davomida tahsil oladi. Ular uchun dars mashg‘ulotlari fevral oyidan boshlangan.