Qozog'istonlik olimdan interaktiv mahorat darsi
Joriy yilning 3- aprel kuni universitetimizga Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti Yassaviy ilmiy-tadqiqot instituti direktori, falsafa doktori (PhD), professor Sayfunov Baurjan Nasyrdin o‘g‘li tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida professor oliygohimiz talabalari 1- kurs kompyuter lingvistikasi yo’nalishi 101 va 102- guruhlar uchun maxsus mahorat darsini o‘tdi. Ma’ruza davomida Yassaviy merosi, turkiy xalqlar ma’naviyati hamda zamonaviy ilmiy tadqiqot metodologiyalari mavzulari atroflicha yoritib berildi.
Dars davomida professor B. Sayfunov o‘zining ko‘p yillik ilmiy tajribasi bilan o‘rtoqlashdi va sohadagi yangi tendensiyalar bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar berdi. Olim talabalarimiz uchun qiziqarli va sermazmun ma’ruza tashkil etdi. Uchrashuvda ilm-fan sohasidagi xalqaro hamkorlik va falsafiy tadqiqotlarning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Tadbir yakunida tomonlar kelgusida ilmiy hamkorlikni davom ettirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Interaktiv ruhda o‘tgan dars davomida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Mazkur uchrashuv nafaqat talabalarning bilimini boyitishga, balki ikki qardosh universitet o‘rtasidagi ilmiy-akademik aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ma’lumot o‘rnida: Professor Baurjan Sayfunov turkiy dunyo madaniyati va Yassaviy merosini o‘rganishda xalqaro miqyosdagi mutaxassislardan biri sanaladi.

