Yangiliklar

img
Wed, 12/07/2022 - 18:13

Qomusimiz — baxtimiz poydevori

7-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida  8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan "Qomusimiz — baxtimiz poydevori" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.  Tadbirni universitetimizning yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori B.Xoliqov ochib berdi. Kecha avvalida universitet rektori Shuhrat Sirojiddinov Konstitutsiya kuni oldidan mukofotlangan professor-o‘qituvchilar va talabalarga esdalik nishonlarini tantanali topshirdi.
Ona tili va adabiyot ta'limi hamda Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetlari talabalari tomonidan tayyorlangan badiiy-ma'rifiy kompozitsiyada bosh qomusimiz moddalari,  xalq manfaatlarini ta'minlashdagi muhim huquqiy asosligi takidlandi.  Bir-biridan qiziqarli viktorinalar,  kuy-qo'shiq, raqslar,  quvnoqlar va zukkolar jamoalarining chiqishlari barchaga birdek manzur bo‘ldi.