Yangiliklar

img
Sat, 02/24/2024 - 11:13

Qizlar o'rtasida voleybol musobaqasi o'tkazildi

Qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ularni sportga jalb etish maqsadida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Ushbu rejaga asosan, joriy yilning 23-fevral kuni universitetimiz  talaba-qizlari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada universitet fakultetlaridan tuzilgan 5 ta jamoa ishtirok etib, “Umid” sport klubi rahbar R.Alimbayeva va B.Tulaganovlar hakamlik qilishdi. 
Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, birinchi o‘rin Ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti jamoasiga, ikkinchi o‘rin Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti jamoasiga, uchinchi o‘rin O‘zbek tili ta’limi fakulteti jamoasiga nasib etdi. 
Musobaqa g‘oliblari universitet rahbariyati tomonidan universitet kubogi, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.