Yangiliklar

img
Sun, 11/08/2026 - 12:12

Qizlar akademiyasi rahbari bilan oçiq muloqot taşkil etildi

Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti Yoşlar ittifoqi boşlanğiç taşkiloti hamda Qizlar akademiyasi hamkorligida Qizlar akademiyasi rahbari Marjona Jöraqulova iştirokida talaba-qizlar uçun oçiq muloqot taşkil etildi.

Samimiy va mazmunli ruhda ötgan uçraşuv davomida talaba-qizlarning şaxsiy rivojlanişi, kelajakdagi kasbiy faoliyati, karyera quriş, zamonaviy kasb va könikmalarni egallaş hamda jamiyatda öz örnini topiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Muloqot davomida Marjona Jöraqulova qizlarning taʼlim olişi, öz ustida işlaşi, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanişi va kelajakdagi maqsadlari sari dadil intilişi yuzasidan öz tavsiya va fikrlarini bildirdi. Şuningdek, talaba-qizlar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, karyera, kasbiy rivojlaniş va şaxsiy imkoniyatlarni röyobga çiqariş borasida muhim tavsiyalar olişdi.

Taʼkidlaş joizki, Qizlar akademiyasining asosiy maqsadi — qizlar va ayollarning bilim salohiyatini oşiriş, ularni zamonaviy kasb-hunarlarga örgatiş, tadbirkorlikka yönaltiriş hamda jamiyatda faol, mustaqil va bilimli şaxs sifatida şakllanişiga kömaklaşişdan iborat.

Mazkur oçiq muloqot talaba-qizlarning dunyoqaraşini kengaytiriş, ularda kelajakka nisbatan işonç va aniq maqsadlarni şakllantiriş, şuningdek, öz salohiyatini namoyon etiş uçun yangi imkoniyatlar yaratişda muhim ahamiyat kasb etdi.

Universitetda xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş, ularning taşabbuslarini rağbatlantiriş va yetakçilik salohiyatini rivojlantirişga qaratilgan hamkorlikdagi tadbirlar davom etadi.